Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SHOHIMARDONDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING FILIALI ISH BOSHLADI
2022-11-17 16:51:41 366
Viloyatimizning eksklav hududi Shohimardon va Yordon MFYda bugungi kunda 6 ming 500 nafardan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi. Viloyat adliya boshqarmasi hamda Farg’ona tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tuman Davlat xizmatlari markazining “Shohimardon” filiali bugun shohimardonliklar va yordonliklar ixtiyoriga tantanali topshirildi.
Ochilish marosimi tadbirida rasmiylar bilan birgalikda, fuqarolar, mahalliy tadbirkorlar, keng jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar davlat xizmatini olish uchun 54 km masofa bosib o’tishga majbur bo’lishgan. Masalan,mana shu uzoq yo’l qiyinchiliklari mobaynida oddiy fuqaro bir kunda 4 ta, borish va kelishni xisobga olganda jami 8 ta bojxona chegara postidan o’tishga majbur edi. Xullas birgina davlat xizmatidan foydalanish uchun vaqt, mablag’ sarflab tuman markaziga kelingan.
E'tiborli jihati shundaki, DXM larida ko’rsatiladigan 170 dan ortiq xizmatlardan mahaliy aholi vakillari filialga kelib bemalol foydalanishlari mumkin bo’ldi.
Bugungi kunda Farg’ona viloyatida Davlat xizmatlari markazlarining 12 ta filiallari faoliyat yuritayotgan bo’lsa, ushbu filialning boshqa filiallardan farqli tomoni filialda dam olish kunlaridan tashqari har kuni fuqarolarga xizmatlar ko’rsatiladi.
Filial ochilishining birinchi kuniyoq fuqarolarga 30dan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram