Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRULLO BOZOROV: VILOYATIMIZDAGI PILLANI CHUQUR QAYTA ISHLASH KORXONALARI UCHUN JAHON BOZORLARI TALABIGA MOS SOF VA ARALASH IPAK GAZLAMALAR ISHLAB CHIQARISHGA O’TISH DAVRI KELDI

×

 2022-11-19 08:54:12    402

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona tumani Dilkusho MFY hududidagi “Vodil ipak yigiruv” sho’'ba korxonasida bo’lib, joriy yilda amalga oshirilgan ipak ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Qiymati 22 milliard so’m bo’lgan loyihaning ishga tushirilishi natijasida 312 tonna ishlab chiqarish quvvati shakllantirildi, 90 ta ish o’rni yaratildi. 


Korxona rahbari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, sohaga zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash va kengaytirish lozimligini qayd etdi. Ishlab chiqarilayotgan matolarning eni kambar ekanligi xorijda muvaffaqiyatli raqobat qilishda qiyinchiliklar tug’dirayotgani, jahon bozori kon'yunkturasining tez fursatlar bilan o’zgarib borayotganligi, iste'molchilarning talablari kuchayayotganligiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, viloyatimizdagi pillani chuqur qayta ishlash korxonalari uchun jahon bozorlari talabiga mos sof va aralash ipak gazlamalar ishlab chiqarishga o’tish davri kelganini ta'kidladi.


Bu borada yangi loyihalarni ishlab chiqqan korxonalar har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi ma'lum qilindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram