Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUDYALAR XALQ XIZMATIDA
2022-11-30 17:52:17 298
Oxirgi paytlarda mamlakatimizda inson huquqlari eng oliy qadriyat
ekanligi davlat va jamiyatning har sohasida amalga oshirilayotgan islohot
va siyosatlar tag zamirida o’z aksini topmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan sudyalar oldiga
qo’yilgan eng asosiy maqsad va vazifa, eng avvalo, insonlarni rozi qilish,
ularni odil sudlovga bo’lgan munosabatlarini tubdan yaxshilash, ularga
sudlarni jazolovchi organ emas, balki adolatni qaror toptiruvchi dargoh
ekanligini tushuntirishdan iboratdir. Shu maqsadda, Farg’ona viloyat sudi
tomonidan amaldagi ishlab chiqilgan huquqiy targ’ibot va sayyor qabul
rejalariga asosan Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joylarda
bevosita aholi vakillari ishtirokida ko’plab uchrashuvlar, sayyor qabul va
targ’ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, sud raisi T.Mamatojiyev
tomonidan Farg’ona shahar «Navro’z» MFY, Oltiariq tuman «Navqiron»,
«Oqbo’yra», «Ustoz» MFYlarda, sudya D.Akramova tomonidan Farg’ona shahar
«Sh.Rashidov», «Navro’z», «Iftixor» MFYlarda, sudya X.Jamoliddinov
tomonidan Farg’ona tuman «Log’on» MFY, Quvasoy shahar «Arsif» MFY, Farg’ona shahar «Navro’z» MFYlarda sayyor qabul va davra suhbatlari o’tkazilib, unda sudyalar tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy
tushuntirishlar berilib, sudlarga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Sud raisi T.Mamatojiyev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram