Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Rasmiy munosabat
2022-11-30 19:55:30 340
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona tumanidagi “Yoshlarobod” MFYda 2014-yilda qurilgan chorva mollari bozori hozirgi kunga kelib yaroqsiz deya yopib qo‘yilgani, lekin fuqarolar ushbu bozorni ko‘chirmaslikni so‘rashayotgani ta’kidlangan videomurojaat e’lon qilindi.
Murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi, tumandagi Yoshlarobod qishlog‘ida joylashgan "Vodil dehqon bozori" MCHJga qarashli chorva hayvon bozori Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi "Bozorlar va savdo komplekslarini faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 253-sonli qarori talablariga mos kelmaganligi, jumladan, chorva hayvon bozoriga qarashli 0,4 ga yer maydoni "Yong‘inga qarshi kurash" jamiyati hisobida ekanligi, tegishli mas’ul tashkilotlarning xulosalariga ko‘ra, sanitariya va veterinariya holatlari hamda ekologiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik talablarining buzilishi holatlari qayd etilganligi, bu esa yuqoridagi qarorning 68-bandiga asosan bozor faoliyatini to‘xtatib turish uchun asos ekanligi, lekin tuman aholisini chorva hayvon bozoriga bo‘lgan talabini ta’minlash maqsadida Vodil qishlog‘i Visol ko‘chasida yangi tashkil etilgan "Islomjon Xamdamjon Fayz" MCHJ tomonidan qurilgan zamonaviy tipdagi chorva hayvon bozoriga ko‘chirilishini, bu borada tuman Ekologiya bo‘limi, tuman SEO va JS va Favqulotda vaziyatlar tuman bo‘limining tegishli ijobiy xulosalari olinganligini bildirib o‘tiladi