Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Fevral 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGI XODIMLARI KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2022-12-12 16:15:58    75

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumanidagi “Shokirjon ota” tantanalar saroyida Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirga tumanning qishloq xo’jaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo’jaliklari, tomorqachilar, olim va suvchilar, ilg’or terimchilar, qo’yingki tizimning barcha fidoyilari taklif etildi.

Farg’ona tumani hokimi Inomov Xamidullo Tadjiyevich bayramga yig’ilganlar va ular orqali barcha qishloq xo’jaligi xodimlarini sana munosabati bilan muborakbod etdi.

Qayd etilganidek, Farg’ona tumanining qishloq xo’jalik xodimlari ham joriy yilni salmoqli yutuqlar bilan yakunlab, kelgusida bundan-da yuqori marralarni ko’zlashmokda.

Bunga ko’p jihatdan tumanda paxta-to’qimachilik klasteri ish yuritilganligi qo’l keldi. Sug’orish qiyin, yer unumdorligi nisbatan past bo’lgan maydonlarda tashkil etilgan paxta-to’qimachilik klasterlari o’z samarasini ko’rsatdi. 2200 gektar yerda tomchilatib sug’orish usuli yo’lga qo’yildi. Xarajat 35 foizga qisqardi. Paxtadan o’rtacha 30 tsentnerdan hosil olindi.







Bundan tashqari parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa sohalarda ham oldingi yillarga qaraganda ko’proq mahsulot yetishtirishga erishildi. Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga karatilgan investitsiyaviy loyihalarning ijrosini ta'minlash buyicha manzilli ishlar amalga oshirildi.








Qishloq xo’jaligi xodimlari ekinlardan mo’l hosil yetishtirish, uni qayta ishlash, xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash yo’lida bor kuch, mahorat, bilim va tajribalarini ishga solib mehnat qilmoqdalar.

Zamin zargarlarining agrar sektordagi islohotlarni bekamu ko’st amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ilg’or tajribalarni amaliyotga joriy etishdagi sa'y-harakatlari o’zining ijobiy samaralarini berayotganligi erishilgan yuksak natijalarda ham yaqqol namoyon bo’lmokda.

Albatta, yerga mehrini berib, undan rizq-ro’z undirayotgan dehqonlar dunyodagi eng sharafli kasb egalari hisoblanishadi. Hosil bayrami bahonasida tumanning agrar sohasida xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilar tuman hokimligining esdalik sovg’alari, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbiri elimiz ardog’idagi san'atkorlarning kontsert dasturi bilan davom etdi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram