Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MALAKALI YURIDIK YORDAM FUQAROLARNING HUQUQIY HIMOYASINI TO’LIQ TA'MINLASHNING MUHIM VOSITASIDIR
2022-12-28 12:01:25 515
Advokatning yordamiga muhtoj bo’lib kelgan shaxslar u bilan muloqotda bo’lish jarayonida o’zlarining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini, haq-huquqlarini tiklash uchun qaysi qonun va usullar bilan ximoya qilishi mumkinligi xaqida ma'lum huquqiy tushunchalar hosil qiladilar, u yoki bu xukuqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarning mohiyati bilan tanishadilar. Bilaks, advokatning ushbu yo’nalishdagi faoliyati jamiyatimizning ayrim a'zolarini huquqiy befarqlik kayfiyatidan qutqaradi. Ularning siyosiy, huquqiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Avvalo shuni aytish kerakki, himoyaga daxldor bo’lgan huquq uni amalga oshirishning kafolatlari bilan uzviy bog’liqtsir. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan gumon qilinuvchiga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda qo’yilgan ayblovdan himoyalanish uchun barcha vosita va usullardan foydalanishdan iborat.
Shuningdek, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashni qandaydir bir protsessual xuquqqa tenglashtirish ham kerak emas. Negaki, ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, sudlanuvchi)ni himoya huquqi bilan ta'minlash bu shaxsiy hamda himoyachi orqali e'lon qilingan ayblovdan himoyalanishga oid protsessual huquqlar majmui hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra himoyachining ishda ishtiroki ayblov e'lon qilingan yoki gumon qilinuvchi deb e'tirof etilganligi to’g’risida qaror chiqqan yoxud u ushlangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. Ayblanuvchi o’zining qonuniy manfaatlari hamda haqhuquqini himoya qilish yuzasidan keng qamrovli huquqlarga ega. Jumladan, u o’zining nimada ayblanayotganini bilish, qo’yilgan ayblov va ishning boshqa har qanday holatlari bo’yycha ko’rsatma hamda tushuntirish berish, himoyachiga ega bo’lish, u bilan holi uchrashish, dastlabki tergov tamom bo’lgach ishning barcha kdasmlari bilan tanishib chiqish, surishtiruvchn, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidai shikoyat qilish huquqiga ega.
Ayblanuvchi himoyachini o’z xohishiga asosan tanlash huquqiga ega. JPKning 49-moddasiga muvofiq, himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilish hamda ularga zarur huquqiy yordam ko’rsatish vakolatiga ega bo’lgan shaxs sanaladi.
Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi: xo’sh, jinoyat ishida kimlar
himoyachi sifatida ishtirok etish huquqiga ega?
Jinoyat ishida advokatlar, maxsus ruxsatnomaga ega shaxslar, jamoat birlashmalari vakillari himoyachi sifatida qatnashishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining iltimosiga ko’ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta'minlashi kerak.
Bundan tashqari, yollangan himoyachining yigirma to’rt soat ichida ishtirok etishga imkoniyati bo’lmasa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etish, himoyachi tayinlashni so’rab, advokatlik byurosi, advokatlar hay'ati yoki firmasiga murojaat qilishni tavsiya etadi. Himoyachi esa istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir.
Eng muhimi, himoyalanish huquqiga qo’shimcha kafolat sifatida protsessual qonunchilik ayblanuvchiga, hatto ularning iltimosi yoki xohishiga zid bo’lsada, tegishli ravishda ximoyachi belgilaydi.
JPKning 51-moddasiga ko’ra, quyidagi ishlarda himoyachi ishtirokini ta'minlash majburiy sanaladi:
1. Voyaga yetmaganlarning ishi bo’yicha;
2. Soqov, kar, ko’r, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli o’zini-o’zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo’yicha;
3. Sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo’yicha;
4. Jazo chorasi sifatida o’lim jazosi tayinlanishi mumkin
bo’lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo’yicha;
5.Shaxslarning manfaatlari qarama-qarshi bo’lib, ulardan
biri himoyachiga ega bo’lgan ishlar bo’yicha;
6. Davlat yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo’yicha;
7.Jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan
ishlar bo’yicha;
8.Tibbiy yo’sinda majburlov choralarini qo’llash to’g’risidagi
ishlar bo’yicha.
Shuningdek, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlaridan kelib chiqib, himoyachi ishtirokini shart deb topishga haqlidir.
Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, gumon qilinuvchi va sudlanuvchining iltimosiga ko’ra boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif etilmaydi. Bunday vaziyatlarda advokatlik byurosi, advokatlar hay'ati yoki firmasi rahbari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabi bo’yicha dastlabki tergov yoki sud muhokamasida ishtirok etish uchun himoyachi tayinlashi shart.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyachi bilan bitim tuzgan bo’lsa, advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas. Himoyachi shaxsning qonuniy manfaatlari hamda huquqlarini himoya qilayotgan jarayonda ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan bo’lsa, u bilan holi uchrashish huquqiga egadir. Albatta, bunday vaziyatda uchrashuvlar soni va vaqti chegaralanmaydi. Uchrashuv soni va vaqtining chegaralanmasligi himoyalanish borasidagi huquq doirasi hamda JPKning 2-moddasida nazarda tutilgan jinoyat protsessual hujjatlarning mohiyatidan ham kelib chiqadi.
Shunday qilib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoya huquqi bilan ta'minlash tamoyili quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan surishtiruv, tergov, pro-
kuratura organlari va sudning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlash va bunday imkoniyatlarga ega bo’lishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rish majburiyati;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuv chi va sudlanuvchi buzilgan qonuniy manfaatlari hamda huquqlarini tiklash, bunday huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortuvchi qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullar;
JPKning 487-moddasida qayd etilganidek, protsess ishtirokchilarini qonunda belgilangan hujjatlardan mahrum qilgan, bu huquqlarni cheklagan yoxud sud ishni har tomonlama ko’rib chiqishiga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta'sir qilgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo’lgan qoidabuzarliklar JPK me'yorlarini jiddiy buzish deb e'tirof etiladi.
Mazkur moddaning 2 qismi 8-bandiga binoan esa, qonunga ko’ra himoyachining ishtiroki shart bo’lsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki ko’rib chiqilgan bo’lsa, hukm bekor qilinishi kerak. Bunday tamoyilning mavjudligi shundai darak beradiki, himoya qilish bilan ta'minlash sharti konstitutsiyaviy huquq hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoya hukuqi bilan ta'minlash-bu shaxs manfaatlarini kafolatlash bilan birga, odil sudlovning yaqqol namunasi sifatida g’am alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil hayotda nechog’lik o’z ifodasini topsa, sud hokimiyatiga nisbatan har bir fuqaroda shunchalik hurmat hissi uyg’onadi.
Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudining raisi X.Xoliqov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram