Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari

 2023-05-18 10:30:15    929

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona tumani hokimligi axborot xizmati rahbari - Omonboyev Iqboljon Nomonjon o‘g‘li

Telefon: 73 353-12-54
    97 503-72-33
    77 077-72-33
e-mail: iomonboev@bk.ru


Axborot xizmatining asosiy vazifalari


- tuman hokimligi faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, tuman hokimligining rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
- tuman hokimligida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;- tuman hokimligining ijobiy imidjini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
- muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida viloyat hokimligi rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida tegishli viloyat hokimligi faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- tuman hokimligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- tuman hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozisiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida viloyat hokimligi rahbariyatiga axborot berib borish;
- tuman hokimligi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
- tuman hokimligining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
- tuman hokimligining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-son Qarori)