Farg‘ona tumani aholisi va mehmonlari diqqatiga!
RASMIY E’LON Farg‘ona tumani "Marg‘ilon" MFY hududida joylashgan Davlat xizmatlari markazida “Yangi yil bayrami” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l-transport harakatini tartibga solish maqsadida ayrim avtomobil yo‘llarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. 🗓 Bayram tadbirlari muddati: 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha 🚧 Avtotransport harakati cheklanadigan hudud: 4R-144-sonli “Farg‘ona – Xamzaobod” avtomobil yo‘lining 20–21-kilometrlari (Davlat xizmatlari markazi binosi old qismi) ⏰ Cheklov vaqtlari: ▪️ Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan kunlari: 17:00 dan 22:00 gacha ▪️ Asosiy tuman tadbiri (27-dekabr): 09:00 dan 14:00 gacha ▪️ 31-dekabr kuni: 08:00 dan 2026-yil 1-yanvar kuni 08:00 gacha — avtomobillar harakati to‘liq cheklanadi ➡️ Ushbu davrda avtotransport vositalari uchun muqobil yo‘nalish sifatida "Sanoat" MFY hududidagi Sanoat ko‘chasi orqali harakat tashkil etiladi. ❗️ Fuqarolardan mazkur cheklovlarga tushunish bilan yondashishlari, belgilangan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlari so‘raladi. Bayram tadbirlarining yuqori saviyada, tinch va xavfsiz o‘tkazilishi barchamizning hamkorligimizga bog‘liq. Hurmat bilan, Farg‘ona tumani hokimligi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Joriy yilning 25-dekabr, payshanba kuni Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Murodjon Qunduzovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkaziladi
Joriy yilning 25-dekabr, payshanba kuni Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkaziladi
Tuman hududidagi asosiy avtomobil yo‘llarida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi
Farg‘ona tumani hokimligida bo‘lib o‘tadigan “Loyihalar yarmarkasi”ga taklif etamiz