Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

422025-03-12 07:24

"Info teach – 2025" forumi tashkil etildi .

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1741746013282.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1741746013549.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1741746013569.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1741746013582.jpg
Farg‘ona viloyat hokimligi hamkorligidagi umumta‘lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun "Info teach – 2025" forumi tagshkil etildi. Unda viloyatdagi umumta‘lim maktablari ta‘lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari hamda soha mas‘ullari ishtirok etishmoqda. Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sarvar Mo‘minov ochishib, forum ishiga muvaffaqiyatlar tilashdi. Forum doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini sun‘iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, maktablarga AKT yangi loyihalarining imkoniyatlari, o‘qituvchilarning mavjud ehtiyojlari asosida kasbiy mahoratlarini takomillashtirish hamda sohadagi yangi yo‘nalishlar bilan tanishtirish belgilangan. Tadbirning ikkinchi kuni forum ishtirokchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikat egasi bo‘lganlar orasida So‘x tumani MMTB AKTni joriy etish va raqamlashtirish uslubchisi Muxtorali Muxtorov ham bor. So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz