Tuman mahallalarida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar qilinmoqda
Tumanimiz uzra ko‘klam nafasi kechmoqda va xalqimiz bahorga munosib peshvoz chiqish maqsadida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida xayrli ishlarni bajarishmoqda. Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini o‘tqazish orqali yangi bog‘ va yashil hududlar paydo bo‘lyapti.
Navobod mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla ettiligi mahalla raisi Zayliddin Gadoyboev boshchiligida Quva tumanida bo‘lishdi. Quvadan 3 000 to‘p mevali daraxtlar ko‘chati olib kelindi.
- Ko‘chatlarning bir qismi mahalladagi kam ta‘minlangan oilalarga tarqatib berildi. Mahalla faollari ishtirokida mahallamiz hududidagi bo‘sh turgan er maydonlari va yo‘llar chetiga “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida olib kelingan ko‘chatlarning qolgan qismi ekilmoqda, - dedi mahalla raisi biz bilan suhbat chog‘ida.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati