Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

212025-03-13 16:38

TUMAN HOKIMI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHDI

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081529746312720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081529746317500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081529746322280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081529746324670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081529746328255.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi PQ-5050-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Dang‘ara tumani hokimi profilaktika inspektorlar bilan uchrashdi. Tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvda ichki ishlar vakillari tomonidan kundalik xizmat faoliyatida zarur bo‘ladigan moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash yuzasidan o‘z takliflari bildirildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan bildirilgan masalalar qisqa fursatlarda hal etilishi, profilaktika inspektorlarining mahallalarda, avvalo, tinchlik, fuqarolarning osoyishtaligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz