Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

4482025-03-13 18:43

Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873278959.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873291197.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873296277.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873303290.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873311644.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873315971.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873320210.jpg
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya a‘zolarini qabul qildi. Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 mln dollar bo‘lgan, birinchi bosqichda 30 mln dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi muhokama qilindi. Xitoylik hamkorlar bilan Farg‘ona traktor ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va mustaqil o‘zini elektr bilan ta‘minlaydi. Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi. Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Uchrashuvda viloyat hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi va mutasaddilarga hamkorlik bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz