Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

122025-03-14 19:18

Dang‘ara tumanida 2025 yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumiga start berildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446798370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446804345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446809125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446812710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446817490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446821075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446825855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2081644446829440.jpg
Dang‘ara tumanida 2025 yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumiga start berildi. Shu munosabat bilan “Ishonch” MMTP hududidagi “Salimov Qobiljon” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi. Seminarda tuman hokimi paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, " Musavvar tex cluster " paxta-to‘qimachilik klasteri hamda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi. Seminarda mas’ullar tomonidan chigitni plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish uchun moslangan maxsus shlanglar yotqizilgan xolda 76x10 sxemada ekish, bunda yer hamda ko‘chat soni ortishi hisobiga qo‘shimcha samaradorlikka erishish mumkinligi ta’kidlab o‘tildi. Joriy yilda tumanda 197 ta fermer xo‘jaligida 5800 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Mavsum uchun 9 ta otryad shakllantirildi. Tadbir davomida Qur’on tilovati qilinib, jonliq so‘yildi. Nuroniylar ishtirokida davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, bo‘lajak hosil barokatli bo‘lishligi so‘ralib duoyi xayrlar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz