Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

712025-03-29 23:18

“Qudratimiz – birlik va hamjihatlikda“ shiori ostida bayram tadbiri

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272276934.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272276960.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272277081.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272277109.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272277150.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272277181.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743272277185.jpg
Farg‘ona tumani “Xurshidi tobon“ mahalla fuqarolar yig‘inida “Qudratimiz – birlik va hamjihatlikda“ shiori ostida madaniy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga milliy qadriyatlar va san‘at namunalari namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi, bu esa xalqimizga xos mehmondo‘stlik va saxovat an‘analarining yorqin ifodasi bo‘ldi. Bayram shukuhi sport va milliy o‘yinlar bilan yanada qizg‘in tus oldi. Varraklar sayli, arqon tortish, besh tosh, chillak, shaxmat va shashka, voleybol musobaqalari yoshlarning shijoatini oshirib, oqsoqollarning duolari va ishtirokchilarning shodligi bilan yanada fayzli bo‘ldi. Mahalla yoshlari tomonidan milliylikni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari hamda sport chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashildi. Ushbu bayram tadbiri millatlararo do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilib, aholi o‘rtasida birlik va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz