Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1702025-04-17 08:47

«Navro‘z» mahallasida elektr ta‘minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744861637225.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744861637296.jpg
Yurtimizda aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi etkazib berishni ta‘minlash, mavjud infratuzilmani zamonaviylashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg‘ona tumanining barcha hududlarida elektr ta‘minotini yanada yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Farg‘ona tumanining «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi elektr uzatish kabelь tarmog‘ini qurish ishlari jadal sur‘atlarda davom etmoqda. Mazkur loyiha mahalladagi mavjud tarmoqlarga tushayotgan yuklamani sezilarli darajada kamaytirish, transformator punktlarining barqaror ishlashini ta‘minlash hamda elektr energiyasi sifatini oshirish imkonini beradi. Ta‘kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar natijasida aholining kundalik hayotida qulayliklar yaratilishi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ham barqaror energiya manbai yaratilmoqda. Loyiha yakuniga etgach, «Navro‘z» mahallasida elektr ta‘minoti yangi bosqichga ko‘tariladi va aholi uzluksiz hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta‘minlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz