Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

92025-05-15 19:05

Yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitar targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747317921590.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747317921684.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi o‘rtasida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Targ‘ibot ishlari davomida mutaxassislar tomonidan mahalla hududidagi xonadonlar ko‘zdan kechirilmoqda, aholiga shaxsiy gigiena, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va iste‘mol qilishda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlar chog‘ida yoz mavsumida keng tarqaladigan ichak infeksiyalari, virusli kasalliklar, suv orqali yuqadigan kasalliklar va ularni oldini olish choralariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Mazkur targ‘ibot ishlari aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytirish, shuningdek, sanitariya madaniyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu sa‘y-harakatlar joylarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom muhitni saqlash hamda jamoat salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz