Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

502025-05-17 22:49

Farg‘ona tumanida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» marafoni o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747504124267.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747504124274.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747504124560.jpg
Farg‘ona tumanida «Sog‘lomlashtirish oyligi» doirasida navbatdagi ezgu tadbir — «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida piyoda yurish marafoni yuqori ruhda va keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etildi. Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda keng jamoatchilik orasida ijobiy namuna yaratish maqsadida aynan tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etildi. Marafonda turli yoshdagi fuqarolar, Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi, tumandagi tibbiyot muassasalari rahbarlari va barcha xodimlari, shuningdek, faol yoshlar katta ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bilan qatnashdilar. Ishtirokchilar belgilangan 5000 qadam masofani bosib o‘tib, sog‘lom turmush sari faol qadam tashlashdi. Tadbir davomida sog‘lom jismoniy hayotning inson salomatligidagi o‘rni, jismoniy faollikning kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. «Sog‘lom jism — sog‘lom fikr» tamoyilini amalda targ‘ib etuvchi bu kabi sport tadbirlari nafaqat salomatlikni mustahkamlash, balki kun tartibiga faol harakatni kiritishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbir ishtirokchilari marafondan so‘ng sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga joriy qilish zarurligi, jismoniy faollikni odatga aylantirish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz