Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

392025-05-20 16:09

Farg‘ona tumanida chiqindilarni belgilangan joyga tashlamaganlik holatlari aniqlanib, chora ko‘rildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747739382453.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747739382468.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747739382479.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747739382657.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747739382795.jpg
Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Farg‘ona tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd tadbirlari davomida “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni belgilangan joydan tashqariga, noqonuniy tarzda tashlab yuborilganligi holatlari aniqlanib, ushbu qonunbuzarliklar joyida rasmiylashtirildi. Davlat inspektorlari tomonidan holatga zudlik bilan huquqiy baho berildi. Belgilangan tartibda chiqindilar tozalanib, hudud obodonlashtirildi. Huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismiga asosan ma‘muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, har bir fuqaro 375 000 so‘mdan, jami 1 125 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Atrof-muhitga e‘tiborsiz munosabat, xususan, chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash ekologik xavfsizlikka tahdid soladi va jamoat salomatligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu kabi holatlarga nisbatan qat‘iy choralar ko‘rilmoqda. Farg‘ona tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilikka rioya etilishini ta‘minlash va fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz