«Shijoat va g‘ayrat» harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi
Farg‘ona tumanida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida «Shijoat va g‘ayrat» nomli harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur bellashuvda turli mahallalardan tashkil topgan jamoalar harbiy tayyorgarlik, jismoniy chiniqish, chaqqonlik, aniqlik va mahorat bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrindorlik shohsupasiga ko‘tarildi:
* 🥇 1-o‘rin — Xo‘ja Ahmad Vale MFY
* 🥈 2-o‘rin — Kaptarxona MFY
* 🥉 3-o‘rin — Farg‘ona MFY
Musobaqa doirasida nafaqat jamoaviy g‘oliblar, balki o‘zining alohida mahorati, jismoniy tayyorgarligi va iqtidori bilan ajralib chiqqan ishtirokchilar ham e‘tirof etildi. Quyidagilar individual yo‘nalishlarda faxriy unvonlarga sazovor bo‘ldilar:
* 🏋️ «Eng kuchli o‘smir» — Nabiqo‘ziev (Konchilar MFY)
* 🏃♀️ «Eng chaqqon qiz» — Akbaralieva Lobarxon (Kaptarxona MFY)
* 🎯 «Eng yaxshi mergan» — Qobiljonov Ixtiyor (Tinchlik MFY)
* 🔧 «Eng yaxshi qurolsoz» — Sobirjonova Muxlisaxon (Beruniy MFY)
* 🥇 «Eng yaxshi sportchi» — Abduvaxobova Shodiyonabonu (Farg‘ona MFY)
Taqdirlash marosimida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi sovrinlar bilan taqdirlandi. Tadbir doirasidagi bu kabi tashabbuslar yosh avlodda vatanparvarlik, jismoniy faollik va sog‘lom raqobatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Shijoat va g‘ayrat» musobaqasi tumandagi keng sport bayrami doirasida, «Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi» futbol musobaqalari bilan hamohang tarzda tashkil etilgan bo‘lib, u yoshlar orasida sportni ommalashtirish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.