Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3512025-06-05 17:56

GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154197060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154198255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154200645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154201840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154201840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154203035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154205425.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090208154207815.jpg
Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni barkamol inson sifatida tarbiyalash, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu o‘z navbatida jonajon Vatanimizning har jihatdan salohiyatli, vatanparvar, fidoyi farzandlari safi yildan-yilga kengayishini ta’minlamoqda. Bugun Quvasoy shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan “General va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Sharqiy-harbiy okrug qo‘shinlari Qo‘mondonligi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda shahardagi bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Shu bilan birga yoshlarni harbiy sohaga qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda general mayor Saidov Aybek Azatovich yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javoblar berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan, general mayor mamlakatimizda yoshlarning iqtidorlarini namoyon etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy kasbning nufuzi va mas’uliyati xususida fikr bildirdi. Uchrashuv yakunida eng faol ishtirokchilar va eng dolzarb va qiziqarli savollar bergan yoshlar tadbir tashkilotchilarining maxsus faxriy yorlig‘i esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Muxtasar qilib aytganda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yosh kadrlarga kuch va g‘ayrat, o‘z ishiga shijoat va fidoiylik bag‘ishlasa ajab emas. Ayniqsa muloqot davomida harbiy okrug Orkestri ijrosida vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz