Plogging — sog‘lom turmush va toza muhit sari shaxdam qadam
Farg‘ona tumani, “Obod“ mahallasida “Dolzarb 90 kun“ loyihasi doirasida ahamiyatli ekologik tashabbus — plogging aksiyasi tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida mahalladagi yoshlar tomonidan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan “Xizir mozor“ maqbarasi atrofi chiqindilardan tozalandi.
Tashabbusning asosiy maqsadi nafaqat atrof-muhitni musaffo saqlash, balki mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviy mas‘uliyat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
«Xizir mozor» kabi ziyoratgohlarning tozaligi nafaqat mahalla obro‘sining ko‘zgusi, balki u erga keladigan mehmonlar uchun qulay va estetik muhit yaratish vositasidir. Tadbir davomida yoshlarning faolligi va bir maqsad yo‘lida birlashgan harakati obodlik va mehr-oqibat timsoliga aylandi.