Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

722025-06-22 20:17

Lazizbek Mullojonov ham WBC Gran-prisida g‘alaba qozondi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750605359655.jpg
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisining nimchorak final bosqichi o‘zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Jumladan, musobaqaning ushbu bosqichida farg‘onalik Lazizbek Mullojonov eng og‘ir vazn toifasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko‘tarildi. 6 raund etib belgilangan ushbu bellashuv to‘liq davom etdi. Quvonarlisi, unda Lazizbek g‘alaba qozondi va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan chorak finalga yo‘l oldi.  Ma‘lumot o‘rnida, WBC Gran-prisining 1/8 finalida yana ikki nafar charm qo‘lqop ustamiz – Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov o‘z vazn toifalarida zafar quchgan holda, 1/4 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz