Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

232025-07-04 09:00

“Farg‘ona” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor xizmatlar o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601503787.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601503808.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601503912.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601503923.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504009.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504037.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504074.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504076.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504075.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751601504167.jpg
Adliya bo‘limi tomonidan "Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi!" shiori ostida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Farg‘ona tumani “Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda "Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi!" shiori ostida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hamidaxon Abduganieva, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Maxkamov, mahalla xotin-qizlar faollari, mahalla ettiligi hamda hududda yashovchi fuqarolar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Hamidaxon Abduganieva tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish, ayollar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga doir muhim tushunchalar va tavsiyalar berildi. Shuningdek, Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Maxkamov tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar, fuqarolik huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir doirasida Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Fuqarolar notarial xizmatlar va boshqa zarur hujjatlarni joyida olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz