Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1712025-07-14 18:26

So'x tumanida yo'l infratuzilmasini yaxshilash ishlari jadal sur'atda davom etmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044100330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044108695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044119450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044134985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044138570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044142155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094237044146935.jpg
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari hamda ichki xo'jalik yo'llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. So'x tumanida ham mazkur qaror asosida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, yo'l infratuzilmasini zamonaviylashtirish va xavfsiz transport harakatini ta'minlash maqsadida Navobod mahallasidagi 5 ta ko'chada asfalьtlashtirish ishlari olib borilmoqda. Asfalьtlash ishlarini tuman hokimligiga qarashli obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirmoqda. Boshqarma rahbari Oxonjon Oxonjonovning so'zlariga ko'ra, bugun mahallaning navbatdagi — “Saxiylik” ko'chasiga ham sifatli asfalьt qoplamasi yotqizildi. “Yo'llar nafaqat odamlar hayotini yengillashtiradi, balki mahallada iqtisodiy faollikni oshiradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilaydi. Aholi bu o'zgarishlardan juda xursand, samimiy minnatdorlik bildirishmoqda”, — deydi O.Oxonjonov. Mahalladoshlar ta'kidlashicha, yillar davomida yomg'ir va qorli kunlarda ayniqsa og'ir ahvolga tushib qoladigan bu ko'chalarni obodonlashtirish — ular uchun katta yangilik va imkoniyat bo'ldi. Mazkur loyiha doirasida boshqa ko'chalarda ham bosqichma-bosqich ishlar davom ettiriladi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz