Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

962025-07-14 20:57

Farg‘ona tumanida “Tadbirkorlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508267720.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508267751.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268007.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268058.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268067.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268076.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268080.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268086.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268086.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752508268109.jpg
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladigan hududiy investisiya loyihalarini muhokama qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish va tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona tumanida “Tadbirkorlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Xolmatov, Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N. Xomidov, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Sh. No‘monjonov, Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi chorvachilik loyihasi vakili S. Ergashev, Jahon bankining chorvachilik loyihasi vakili A. Qodirov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O. Abdurahimov, investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i A. Axrorov, tuman tijorat banklari rahbarlari, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi va Veterinariya bo‘limi mutasaddilari hamda qator loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlarning amaldagi loyihalari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bank kreditlari, xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, er ajratish, hujjatlashtirish va zarur infratuzilma bilan ta‘minlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishda zarur metodik yordam ko‘rsatish, muammolarni joyida hal etish va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz