"Buzuqo‘rg‘on” mahallasidagi 100 dan ziyod xonadonning toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
Aholi vakillari tomonidan O‘zbekiston tumani hokimligiga bildirilgan turli yo‘nalishlardagi murojaatlar, tuman hokimining joylardagi fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etib borilmoqda.
Xususan, “Buzuqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi bir guruh tumandoshlarimizning hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq murojaatlari ham muddatida ijroga qaratildi.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan hududning “Ahillik” ko‘chasiga 900 metr ichimlik suvi tarmog‘i yetkazib berildi. Ayni kunlarda “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ tuman filiali ishchi-mutaxassislari ko‘magi hamda mahalla ahli birdamligida mazkur tarmoq manzil bo‘ylab tortilmoqda.
Qayd etilishicha, yangi tarmoqning ishga tushishi natijasida mahalladagi yuzdan ziyod xonadonning toza ichimlik ta’minoti yaxshilanadi va buzuqo‘rg‘onliklarning bu boradagi ko‘p yillik muammolari barham topadi.