Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1332025-07-15 23:55

Sho‘rqishloqdagi baydarka va kanoeda eshkak eshish sport bazasi faoliyati ham takomillashtiriladi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881950030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881951225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881954810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881958395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881961980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881964370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2094363881969150.jpg
O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov bugun “Sho‘rqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish sport bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur sport bazasi mahalladan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanali yaqinida bundan qariyb ikki yil avval tashkil topgan. Ayni kunlarda bu maskandagi 9 ta guruhda 100 ga yaqin yoshlar shu sport turi bilan muntazam shug‘ullanishmoqda. Mahoratli murabbiylar eng yoshi 10 va eng kattasi esa 23 yosh bo‘lgan sportsevar o‘g‘il-qizlarga eshkak eshishdan saboq berib kelishmoqda. Tumandagi sport maktabiga qarashli ushbu bo‘limning tarbiyalanuvchilari shu vaqt oralig‘ida Osiyo va jahon chempionatlarini ham zabt etib ulgurishgan. Ana shu umidli sportchilarga bu yerda munosib shart-sharoitlarni yaratish, sport bazasi infratuzilmasini yaxshilash va faoliyatini kengaytirish masalalari tuman hokimining maskanga tashrifi davomida atroflicha ko‘rib chiqildi. Tuman rahbari bu borada eng maqbul loyiha takliflarini ishlab chiqish va ijroga qaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz