Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

42025-12-17 11:33

Yangi yil bayrami arafasida aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052987120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052990705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052991900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052993095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052994290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052994290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052996680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110314052996680.jpg
Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hududida o‘rnatilgan Yangi yil archasi joylashgan maskanda maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur tadbir bayram tadbirlari jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda mas’ul xizmatlarning tezkor va hamjihatlikdagi harakatlarini mustahkamlashga qaratildi. Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in va boshqa favqulodda holatlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, maxsus texnika va asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Tadbir yakunida mashg‘ulot natijalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft