Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA DON SOTISH REJASI OSHIG’I BILAN BAJARILDI

×

 2021-07-01 15:42:00    807

PDF yuklash
Chop etish


G’allaning o’rtacha hosildorligi  52,1 tsentnerni tashkil qiladi. Joriy yilda 111 nafar fermer xo’jaliklari va 3 ta G’allachilik klasterlari tomonidan 6500 gektar yer maydoniga don mahsuloti ekildi. Umumiy hisobda 14 912 tonna don mahsulotlari topshirilishi rejalashtirilgan.

Shundan 1 750 tonna urug’lik don, 14 912 tonna tovar don mahsulotlaridir. Mahalliy iqlim va tuproq sharoitlariga mos “Davr”, “Asr”, “Alekseich”  navlari nes-nobud qilinmasdan, tez fursatlarda ma'lum qismi o’rib olindi.

G’alla hosilini yig’ishtirib olishga 36 ta operator, 19 otryad, 19 ta kombayn jalb qilindi. Ayni vaqtda g’allaning qolgan qismi ham jadallik bilan yig’ib olinmoqda.

Eng quvonarlisi shuki, ushbu mavsumda 20 kun ichida shartnoma rejasi bajarildi. Joriy yilning 30 iyun holatiga davlatga jami 14 930 8 tonna tovar don mahsulotlari topshirilib, reja 100.1 foizga bajarildi.

Tumandagi ilg’or fermerlardan «Damko’l Xolmatjon nixollari», «Dostonbek Abdubannob», «Odil Muxammad Nizomov», «Chimyon Nodirbek Jo’raboy», «Mindon Kamolboyvachcha», «DNSU», «Axmadali Aqoidin», «Qo’rg’ontepa Murodjon Umidjon», «Agrohosilot davomchilari» kabi 70 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 728,6 tonna g’allani davlat xaridi uchun shartnomaga nisbatan qo’shimcha topshirishdi. G’allani o’rib yig’ib olishda fermer ho’jaliklari bilan shartnoma tuzgan “Farg’ona g’alla klasteri” MChJ g’alla hosilining oshig’i bilan bajarilishiga o’z hissasini qo’shdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram