Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GIYOHVANDLIK - ASR VABOSI!

×

 2024-03-27 14:46:18    3004

PDF yuklash
Chop etish



Hozirda insoniyat boshiga turli balolarni solib, oilalarni va jamiyatni tanazzulga olib boradigan illatlardan biri giyohvandlikdir. Giyohvandlik oqibatida minglab norasida go‘daklar mayib majruh tug‘ilmoqda, oilalarda ajrashishlar ko‘paymoqda va dunyoda millonlab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Eng afsuslanarli jihati shundaki bu jirkanch narsaga mubtalo bo‘lgan kimsalarning tuzalishi juda ham qiyindir!


Farg‘ona tumanida yashovchi Gʻ.Sh.Z muqaddam jinoyat kodeksining turli moddalari bilan bir-necha marotaba sudlangan bo‘lsada bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, yashash xonadonida ko‘p miqdordagi quritilgan holatdagi 269 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelgan. 


Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro Gʻ.Sh.Zga nisbatan JKning 276-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga yuborib jazo muqarrarligi ta’minlangan.


Bugungi kunda davlatimiz tomonidan giyohvandlikka qarshi ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi kimsalarga nisbatan jazolar qo‘llanilayotganligini ommaviy axborot vasitalari orqali bevosita guvohi bo‘lmoqdamiz. Bugungi kunda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda giyohvandlik kabi salbiy illatlarning oqibati haqida farzandlarimizga tushuntirsh ishlarini olib borishimiz hamda kelajak avlodimizni asrab qolish xar birimizning burchimizdir.


Farg‘ona tumani IIB huzuridagi  Tergov bo‘linmasi tergovchisi katta leytenant J.Sh.Avazov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram