Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHOXIMARDONDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI BOSHLANDI

×

 2023-05-18 16:48:29    178

PDF yuklash
Chop etish


Anklav hudud hisoblanadigan Farg‘ona tumanining "Shoximardon" hamda "Yordon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1500 ga yaqin elektr energiyasi iste'molchilari mavjud. 


Bulardan 1200 dan ortig‘ini aholi, 300 ga yaqinini esa tadbirkorlik subyektlari tashkil qiladi. 


Hududdagi iste'molchilar 62,0 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 52 dona turli quvvatdagi transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. 


"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil boshida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tasdiqlangan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta'mirlash rejasiga asosan, mazkur hududlarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. 


Jumladan, Farg‘ona tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan har ikki mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi alohida brigada tashkil etilgan. 


Brigada tomonidan mavjud 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarida salqi simlarni taranglash, nosoz holga kelgan tayanchlarni tiklash, yaroqsiz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, elektr qurilmalarida esa bo‘yoqlash, moy sathini me'yor holatga keltirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.


O‘z navbatida bu kabi ko‘rilayotgan choralar, mavsumga tayyorgarlik ishlari kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga, va albatta iste'molchilani sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram