Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANI HOKIMLIGI VA O‘ZBEKISTON-KOREYA XALQARO UNIVERSITETI BILAN KELGUSIDAGI HAMKORLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN MEMORANDUM IMZOLANDI.

×

 2024-03-01 15:26:31    2332

PDF yuklash
Chop etish










Bu kelishuv, ilmiy-texnikaviy ko‘rsatkichlarning almashishiga, ta’lim tizimini rivojlantirish, soha oliy ta’limda bitiruvchilar qarovini oshrish shu bilan birga, yuridik va iqtisodiy sohada o‘quv yurtlarini rivojlantirish, xorijiy investorlarni jalb qilish, ijtimoiy soha va yoshlar orasidagi almashtirishni ko‘tarish yo‘llariga yordam berishni o‘z ichiga oladi. 


Memorandum, ikki tomonlama faoliyatni rivojlantirish va mustaqil ravishda yanada mustahkamlashtirishga qaratilgan samarali qadam hisoblanadi.


Universitet professional amaliyotga moslangan va jahon talablariga javob beradigan kadrlarni yetishtirish maqsadida tashkil etilgan. 


Bu oliy ta’lim dargohini bituruvchisining maqomi butun dunyoda tan olinadi.


Bugun tuman hokimligi binosidada KIUF O‘zbekiston-Koreya xalqaro universiteti rektori Han Jaye Seok tashrif buyurishdi.


Mehmonlarni tuman hokimi Hamidullo Inomov qabul qildi.

 

Uchrasuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan bitim tuzdilar.


Davra suhbatida tomonlarning soha mas’ullari ham qatnashdilar. Kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida turli tadbirlarni tashkil etish borasida fikrlar almashildi.


Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram