Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PENSIYA VA NAFAQA OLUVCHILAR UCHUN YANADA QULAYLIKLAR YARATILDI!
2022-04-30 22:00:55 490
Prezidentimizning tegishli Qarori bilan 2022 yil 1 maydan boshlab barcha pensionerlarimiz uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratildi:
➖ Pensiya vanafaqa to’lovlari uchun zarur mablag’lar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi;
➖ Pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foizmiqdorda AT “Xalqbanki”ga xizmat haqit o’lab beriladi;
➖ Sayyor kassalar mahalla fuqarolar yig’inlariga borgan holda pensiya vanafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag’larini ularning xohishlariga ko’ra naqd pulga almashtirib beradi;
➖ Pensiya vanafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov joriy qilinadi.
Ya'ni pensionerlar kartasiga 1% ortiqcha pul kelib tushadi.
Agarda pensiya vanafaqa mablag’lari bank kartalari orqali olinsa va kartadagi mablag’ naqdlashtirilmasdan foydalanilsa, ushbu 1 foiz miqdorida beriladigan qo’shimcha mablag’ pensioner ixtiyorida qoldirilishi nazarda tutilgan.
Mabodo pensioner mablag’ini bankomatdan naqdlashtirib olaman desa, o’sha qo’shib berilgan 1% yechib olinadi. Ya'ni bunda pensionerning ba'zaviy pensiya mablag’iga umuman tegilmaydi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi Farg’ona tuman bo’limi boshlig’i U.O.Yuldashev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram