Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONADAGI YANA BIR MAKTABDA "YOSH GVARDIYACHILAR" SINFI OCHILDI.
2024-04-02 19:24:21 10353
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 5-fevraldagi PQ-55 qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyatida “Yosh gvardiyachilar” sinfi bosqichma -bosqich ochilmoqda.
Bugun 2 aprel kuni Farg’ona viloyatidagi Farg’ona tumanida joylashgan 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida navbatdagi harbiy sohaga ixtisoslashgan "Yosh gvardiyachilar" sinfining tantanali ochilishi bo’ldi.
Ochilishda Farg’ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, Anvarjon Musinov, bolalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Kamoliddin Toshdanov, Maktabgacha va maktab ta'limi tuman rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shu kunning o’zida o’quvchilar o’z xulqi va o’qishi bilan namuna bo’lishga tantanali tarzda va'da berdi. Maktab Milliy gvardiyaning ramziy bayrog’i rasman topshirildi.
Maktab o’quvchilar o’zining harbiy mahoratini, sport bo’yicha olgan ko’nikmalarini namoyish etdi.
Birinchi kunning o’zidayoq, inspektor psixologlar tomonidan mustaqillik darslari o’tildi.
Milliy gvardiya harbiylari tomonidan jangovar mashqlar sahnasi namoyish etilib ularni harbiy vatanparvarlikka bo’lgan qiziqishi oshirildi.
Ma'lumot uchun: Ushbu harbiylashtirilgan sinfda qizlar ham ta'lim oladi. O’quvchilar odatiy dars jarayonlariga harbiy kiyim kiygan holda qatnashadi. Hozirda ushbu maktabda "Yosh gvardiyachilar" sinfi 1 tani tashkil etadi. Talab va ehtiyojga ko’ra maktab ma'muriyati bilan kelishilgan holda bu kabi sinflar ochilishi mumkin. Farg’ona viloyatida bu kabi harbiy sohaga ixtisoslashgan sinflar ochilishida davom etmoqda.
Jadidchi bobomiz Abdullla Avloniy aytaganidek, maktablar yangi dunyolarni kashf etadi. Yangi O’zbekiston ham maktab ostonasidan boshlanadi.
Online Xabarnoma rukni
Jarayon suratlari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram