Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PENSIYA TIZIMIGA OID QAROR VA FARMONLARDAN XABARDORMISIZ?
2021-06-29 12:58:20 1108
2021 yilning yarim yilligi sarhisobi qilar ekanmiz, davlat rahbari va hukumatimiz tomonidan pensiya tizimiga oid bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2021 yildagi PF-6155 sonli Farmonining asosiy maqsadi fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlashda yanada qulay sharoitlar yaratishdir. Jumladan, 2021 yil 1 iyundan boshlab quyidagicha tartib o’rnatilishi belgilandi:
- pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to’g’risidagi ma'lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash;
- uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo’yicha aniqlangan ortiqcha to’lovni undirishni bekor qilish;
- ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o’rtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bo’lishlari uchun o’z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to’lash huquqi berilishi;
Mazkur tartib bilan ishlovchi fuqarolar ishlamaydigan turmush o’rtoqlarining kelgusida pensiyaga bo’lgan huquqini kafolatlash uchun har oyda amaldagi davr uchun belgilangan ish haqining bazaviy hisoblash miqdorini kamida 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to’lashi mumkinligi belgilandi.
- pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko’ra ro’yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo’yicha tayinlanishi va to’lanishi;
Endilikda fuqarolar pensiya yoki nafaqalarni tayinlanishini so’rab, doimiy yashash manzilidan uzoqda yashab turgan taqdirda vaqtinchalik ro’yxatdan o’tgan manzilidagi hududiy pensiya jamg’armasiga murojaat etish huquqi ta'minlandi.
- pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining (keyingi o’rinlarda — Pensiya jamg’armasi) tegishli bo’limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi;
Ushbu tartib bilan endilikda fuqarolar tayinlangan pensiya yoki nafaqa pullarini bank plastik kartasida olish uchun tijorat banklari bilan tuzilgan shartnoma va arizalarni pensiya jamg’armalariga taqdim etilmasligi, shuningdek, fuqarolar pensiya yoki nafaqa pullarini bank plastik kartalarida olish uchun tijorat banklariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat etishi yohud internet tarmog’i vositasida banklarning mobil ilovalari orqali o’zlari mustaqil hisob-raqam ochish uchun murojaat etish mumkinligi belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yildagi PF-6191-sonli Farmoni bilan pensiya va nafaqa tayinlashda fuqarolardan ayrim hujjatlarni talab etish bekor qilindi. Jumladan, 2021 yil 1 iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik sub'ektlaridan:
- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti)ning nusxasi;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
- tibbiy-mehnat ekspert komissiya(TMEK)larning ma'lumotnomalari;
- soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yilganligi to’g’risidagi hujjatlarni talab etish to’liq bekor qilindi.
Pensiya yoki nafaqa oluvchilar to’g’risidagi barcha ma'lumotlar inson ishtirokisiz avtomatik tarzda pensiya jamg’armasining dasturiy ta'minoti orqali tegishli idoralardan bosqichma bosqich elektron almashinuv platformasi yordamida olishni yo’lga qo’yilishi barcha davlat organlari, xo’jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari uchun asosiy vazifa etib belgilandi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
Farg’ona tuman bo’limi boshlig’i: Yuldashev Umidjon Ortogbayevich
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram