Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’TTIZ YILLIGI - MILLIY QONUNCHILIKDA YUKSALISH SARI ODIMLAR

×

 2022-11-30 20:00:29    378

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo’nalishlaridan biri bu-qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo’lib qolmoqda.

Huquqiy davlat qonun ustuvorligi ta'minlanadigan davlatdir.

Huquqiy davlatga xos bo’lgan asosiy belgilar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) davlat institutlari tizimida davlat-hukmli boshqaruvi barcha imtiyozlarining jamlanganligi;

2) hokimiyatning bo’linishi, ya'ni bir davlat kichik tizimi (qo­nun chiqaruvchi muassasalar, ijro etuvchi-farmoyish beruvchi organ­lar, sud hokimiyati organlari)ning funktsiyasini boshqasi bilan almashtirilishiga yo’l qo’yib bo’lmasligi;

3) fuqarolik jamiyatining mavjudligi;

4) biron-bir bo’g’in yoki institutda hokimiyat vakolatlarining to’planib qolishiga to’sqinlik qiluvchi monopoliyaga qarshi mexa­nizmlarning yaratilishi;

5) konstitutsiyaviy qonunning ustunligi va bevosita amal qi­lishi;

6) davlat hokimiyati suverenligini qonunda belgilash va uni hayotga tatbiq etish;

7) saylash huquqi normalari asosida qonun chiqaruvchi organ­larni shakllantirish hamda qonunlarda davlat irodasining shakl­lanishi va ifodalanishini nazorat qilish;

8) ichki qonunlarning xalqaro huquq umume'tirof etgan norma­lar va printsiplarga muvofiqligi;

9) ijtimoiy munosabatlar barcha sub'ektlarining har kimning o’zboshimcha qarorlaridan huquqiy himoyalanganligi;

10) huquqiy davlatchilikni ta'minlashning namunasi, modeli va vositasi sifatida sudning ustunligi;

11) qonunlarning huquqqa muvofiqligi va davlat hokimiyati tizimini huquqiy tashkil etish;

12) fuqarolar huquqlari va majburiyatlarining birligi;

13) davlat va shaxsning o’zaro mas'uliyati.

Shuni ham unutmaslik kerakki, mabodo biz demokratiyaning mohiyati siyosiy raqobat ekanligidan va demokratiya asosida muso­baqa yotishidan, yuqori hukumat lavozimlarini egallash siyosiy raqobat sharoitida erkin va adolatli saylovlar orqali yuz berishi lozimligidan kelib chiqsak, u holda O’zbekistonda ushbu shartlarni ta'minlaganimizdagina chinakam barqaror demokratiyani barpo etishimiz mumkin bo’ladi.

Zotan, demokratiya-bu erkin jamiyatdir. Unda jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilmasining rang-barangligini, barcha ij­timoiy qatlamlarning siyosiy teng huquqligini, mafkuraviy fikr­lar xilma-xilligini, ko’ppartiyaviylikni aks ettiruvchi muqobil­liklarga asoslanadi. Demokratik tuzum xalqqa o’zining siyosiy yo’nalishini tanlash imkonini beradi. Bu, eng avvalo, xalqning siyosiy xohish-irodasi hokimiyat siyosiy tuzilmalariga, ommaviy hokimiyat organlariga bevosita aylanadigan, mohiyatan yagona akt hisoblangan muntazam va erkin o’tkaziladigan saylovlar orqali ta'minlanadi.

Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlaridan bir sud-huquq tizimini, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surib kelmoqda, bu tashabbuslar demokratik huquqiy davlat qurish yo’lida katta qadam bo’lmoqda. Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya'ni hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy printsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan bo’lib, eng ezgu maqsad doimo xalqimiz tinchligini va farovonligini ta'minlashdan iboratdir.

O’tgan davr biz uchun g’oyat muhim bir harakatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin. Faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli ko’rilmagan imkoniyatlar ochib beradi.

Shu ma'noda, mamlakatimiz istiqbolini, u bilan bog’liq tarixiy sana va voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotimizda alohida muhim o’rin tutadi. 


Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudining sudyasi B.Mamajonov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram