Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

15082025-04-08 12:08

Viloyat hokimi Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti rektori hamda uning xitoylik hamkorlarini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095907547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095912541.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095916559.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095919834.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095923182.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744095926428.jpg
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz hamda uning xitoylik hamkorlarini qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Viloyat rahbari bugungi kunda ilm-fan rivoji mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotganligini qayd etib, oliy ta‘lim muassasalari, xususan, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetining bu boradagi qo‘shma dasturlari, investitsiya loyihalarini e‘tirof etdi. So‘nggi yillarda viloyatimizda ham qurilish sohasida ishlar ko‘lamining kengayib borayotganligi, yangi massivlar barpo etilayotganligi, shu bilan birgalikda ko‘plab yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalarning kiritilayotgani haqida ma‘lumot berilib, xorijlik investorlarning hamkorligi yaxshi samara berayotganligi ta‘kidlandi. Uchrashuvda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda qurilish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, istiqboldagi chora-tadbirlar kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz