Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

4652025-04-08 17:06

Farg‘ona tumanida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986305.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986332.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986478.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986573.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986594.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986609.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986629.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986634.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986701.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744113986693.jpg
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bayram sayli tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati Veteranlar kengashi raisi Voxidjon Toshaliev, faxriylar, Farg‘ona tumani hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘limi, Axborot-kutubxona markazi vakillari ishtirok etdilar. Bayram tadbiri doirasida maktab o‘quvchilari tomonidan Amir Temur hayoti va tarixiy merosi haqidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar, tarixiy ma‘lumotlarga boy sahnalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir doirasida buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning hayoti, jasorati va davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari, uning merosini yosh avlodga etkazishning ahamiyati alohida ta‘kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz