Farg‘ona tumanida tabiiy gaz tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda
Tuman prokuraturasi hamda “Farg‘onatumangaz” bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida "Avval" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan
2 100 nafar aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlovchi er osti gaz quvurlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Nazorat ishlari jarayonida diametrlari 219 mm. bo‘lgan gaz tarmoqlarida jami 2 ta turli xil diametrli yoriqlar aniqlanib, ushbu kamchiliklar aholi xavfsizligi va uzluksiz gaz ta‘minoti nuqtai nazaridan jiddiy tahdid solishi mumkinligi sababli, ularni zudlik bilan bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan muammoli nuqtalarda ta‘mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Bunda fuqarolar xavfsizligi, gaz ta‘minotidagi uzluksizlik va tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.
Shu kabi hamkorlikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari tabiiy gaz tarmoqlaridagi nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish orqali aholi farovonligi hamda xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi.