Farg‘ona tumanida navbatdagi sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi
Farg‘ona tuman 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining tergov sudьyasi Xislatjon Kukonboev raisligida ma‘muriy huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi sayyor sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sayyor sud yig‘ilishi profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida oilaviy nizolar va janjallar asosida yuzaga kelgan ziddiyatli holatlar, spirtli ichimlik iste‘moli oqibatida sodir etilgan mayda bezoriliklar, shuningdek, boshqa turdagi ma‘muriy qoidabuzarlik ishlari ko‘rib chiqildi.
Sud majlisida tomonlarning fikrlari tinglandi, ularning harakatlariga huquqiy baho berildi. Natijada, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslarga ma‘muriy jarima va ma‘muriy qamoq jazolari qo‘llanildi.
Sud davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, huquqiy javobgarlik choralari, fuqarolik burchini anglash zarurati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borildi.