Bilimi va mehnati bilan oliy toifaga erishgan muallima
Farg‘ona tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Valieva Tamanno Abdujabbor qizi o‘z mehnatsevarligi va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi bilan yana bir yutuqqa erishdi. U avvalgi test sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi toifali o‘qituvchi maqomini qo‘lga kiritgan edi.
Yosh va tirishqoq muallima muntazam o‘z ustida ishlash, bilim va tajribasini oshirish orqali pedagogik mahoratini yanada takomillashtirdi. Ayni kunlarda o‘tkazilgan malaka sinovlarida 86 ball to‘plagan Tamanno Valieva oliy toifa darajasini himoya qildi. Bu natija uning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va izlanuvchanligining yorqin ifodasidir.
Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Tamanno Valievani ushbu katta yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va mas‘uliyatli pedagogik faoliyatida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz!