Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1972025-04-22 10:59

Farg‘ona tumanida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745301537944.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745301537962.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745301538135.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745301538171.jpg
Joriy yilning 21–27-aprelь kunlari «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Farg‘ona tuman axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma barcha yoshdagi kitobxonlar uchun ochiq bo‘lib, unda bolalar, yoshlar va kattalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma‘rifiy adabiyotlar namoyish etilmoqda. Kitobxonlar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab ko‘rib chiqish, ularni o‘qish va baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodni ma‘naviy etuk va bilimli insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz