Farg‘ona tumanida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir — «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va tafakkurini oshirish maqsadida o‘tkazildi. O‘yinda ishtirokchilar o‘qigan kitoblari asosida berilgan savollarga aniq va asosli javoblar berib, o‘z bilimlarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida tumandagi 5-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining «Renessans yoshlari» jamoasi yuqori natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.