Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2132025-05-15 09:23

Deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitildi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2088003202058625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2088003202059820.jpg
O‘zLiDeP Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish va tegishli doimiy komissiyaga dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha tadbir tashkillandi. Madaniyat makazining kichik majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda tuman Kengashining 7 nafar deputati va hisobdor tashkilotlar o‘z axborotlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Marayimov va tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar A.Yusupovlar birinchi chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan o‘z hisobotlarini taqdim etdilar. Deputatlar tomonidan munozaralarga boy ko‘rinishda o‘tgan eshituvda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet doimiy komissiyasi”ga 2 ta masala taklif sifatida tayyorlandi. Ushbu takliflarda asosan soliq tizimida uchrayotgan ayrim kamchiliklar o‘z ifodasini topgan. Tadbir davomida O‘zLiDeP deputatalik guruhi tomonidan iyun oyida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz