Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1002025-05-31 14:04

sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314170040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314177210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314181990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314187965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314192745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314198720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314202305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089675314208280.jpg
Dang‘ara tumani “Asia premium” fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida ichki ariqlarni betonlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi, Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari, fermerlar kengashi vakillari, melioratsiya bo‘limi, pudratchi tashkilotlar, suv yetkazib berish xizmati xodimlari hamda paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning afzalligi, ularni o‘rnatuvchi pudrat korxonalari hamda “Tomchi-reyestr” yagona elektron reyestri va “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimidan foydalanish tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida Qur’on tilovati qilinib, jonliq so‘yildi. Nuroniylar ishtirokida davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, bo‘lajak hosil barokatli bo‘lishligi so‘ralib duoyi xayrlar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz