Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

292025-05-16 23:46

Farg‘ona tumanida qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishlarida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421172835.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421172832.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173111.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173105.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173123.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173158.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173162.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173241.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173239.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421173242.jpg
Farg‘ona tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov va Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohasiga oid tashkilotlar, klasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda 2025-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida sug‘orish ishlarini jadallashtirish, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Bunda agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi va hosildorlikka ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi asosiy mezon sifatida ta‘kidlandi. Shuningdek, paxta maydonlarida kulьtivasiya-rexleniya ishlari, zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish choralarini ko‘rish — jumladan, shira va tripsga qarshi ishlov berish, oltingugurt changitish, biomahsulotlar tarqatish, feromon tutqichlar o‘rnatish kabi tadbirlarni izchil va tizimli tashkil etish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilish davomida har bir rahbarning o‘z faoliyati doirasida mas‘uliyati belgilab berildi, ishlarning holati tanqidiy tahlil qilinib, ularni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz