Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

322025-05-16 23:50

Farg‘ona tumanida g‘o‘za parvarishiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389704.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389693.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389740.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389816.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389805.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389796.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389814.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389837.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389820.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747421389828.jpg
Farg‘ona tumani Mindon hududida joylashgan «Davlat nav sinash uchastkasi»da «G‘o‘za parvarishida zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Kamoliddin Jo‘raev, viloyatdan biriktirilgan bosh vakil, shuningdek tuman «Agrobank» AT bo‘limi boshlig‘i, Fermerlar kengashi, Agroinspeksiya, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi rahbarlari va barcha xodimlari, hudud raislari, biolaboratoriyalar mudirlari, OVX mexanizatorlari hamda hududdagi barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar davomida g‘o‘za parvarishi jarayonida uchraydigan asosiy zararkunandalar va ularga qarshi samarali kurashish usullari, biologik va kimyoviy vositalardan to‘g‘ri foydalanish texnologiyalari, agrotexnik tadbirlarni vaqtida va sifatli bajarishning ahamiyati yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbirda amaliy mashg‘ulotlar orqali g‘o‘za maydonlarida real sharoitda kasallik va zararkunanda turlari ko‘rsatildi, ularga qarshi qanday choralar ko‘rilishi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar taqdim etildi. Mazkur seminar hududdagi fermer xo‘jaliklarida hosildorlikni oshirish, biologik himoya usullarini keng joriy qilish va agrotexnik tadbirlar sifati va samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz