Farg‘ona tumanida g‘alla etishtirishda suv tejovchi texnologiyalar natija bermoqda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida, jumladan, Farg‘ona tumanida suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, «Far Chimyon Qorasuv» massivi hududida joylashgan «PAHTABOY AGRO INVEST» fermer xo‘jaligida 2025-yilda 11 gektar er maydoniga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari tashkil etilgan bo‘lib, «Agrobank» ATB tomonidan ajratilgan 235.8 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga yomg‘irlatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan edi. Texnologik uskuna «NAA YaXShILIKKA INTILIB» xususiy korxonasi tomonidan joriy qilingan.
Mazkur tizim 1 gektar maydon uchun o‘rtacha 8–10 ming kub metr suv sarfini 3–4 ming kub metrgacha kamaytirish imkonini berdi. Sug‘orish oralig‘ining qisqarishi, suv taqsimotining bir xilligi va tuproq unumdorligining saqlanishi hisobiga bu maydonda 70-80 sentnerdan ortiq yalpi hosil olish rejalashtirilmoqda. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan 30-40 foizga yuqori bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Bugungi kunda bu texnologiyalar nafaqat suvdan oqilona foydalanishga, balki, hosildorlikni 20–40% ga oshirishga, ishchi kuchidan samarali foydalanishga, elektr energiyasi va mexanizasiya xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Farg‘ona tumanida suv tejovchi texnologiyalar asosida g‘alla etishtirishga keng e‘tibor qaratilishi hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, ekologik muvozanatni saqlash hamda innovasion agrotexnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.