Farg‘ona tumanida ta‘lim sifati va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazildi
Farg‘ona tumanidagi bir qator ta‘lim muassasalarida amaliy seminarlar tashkil etildi. Jumladan, 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hamda 30-sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida o‘tkazilgan seminarlarda tumanimizdagi 63 ta umumta‘lim maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlarining ishtiroki ta‘minlandi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘quvchilar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, maktab va bog‘chalarda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan ochiq darslar, tarbiyaviy ishlarning yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, ta‘lim muassasasi hududida olib borilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda ta‘lim sifatini oshirish, tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etish, o‘quvchilarning ijtimoiy va ma‘naviy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ilg‘or tajribalar o‘zaro almashildi, ishtirokchilarning savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Mazkur seminarning asosiy maqsadi ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish, tarbiyaviy faoliyatni yangicha yondashuv asosida tashkil etish orqali kelajak avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qilishdan iborat bo‘ldi.