Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3182025-06-04 15:16

Saxovat va mehr-muruvvat ayyomi arafasida ehtiyojmand oilalar yo‘qlandi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090093434246055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090093434248445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090093434249640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090093434249640.jpg
Mehr-oqibat va ezgulik ayyomi-muborak Qurbon hayiti arafasida xayrli an’anaga ko‘ra O‘zbekiston tumanida savobli ishlar ko‘lami ortmoqda. Tuman hokimligi, tashkilot va muassasalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va sahovatpesha insonlar tashabbusi bilan mahallalardagi ehtiyojmand, betob, nogironligi bo‘lgan, keksa-nuroniy va mehrga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram xursandchiligi ulashilmoqda. Qutlug‘ ayyom munosabati bilan tuman hokimligi va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida ana shu toifadagi 150 nafardan ziyod oilalarga arafalik ehsonlari tarqatildi. Mehr-oqibat va insonparvarlikni mujassam etgan ana shunday xayrli tadbirlar Hayit bayrami arafasida tuman bo‘ylab keng davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz